Maqolalar

19.06.2010

CD VA DVD DISKLAR XUSHYORLIKNI TALAB ETADI
Hozir intellektual mulk sohasi ko`plab mamlakatlar iqtisodiyotining muhim qismiga aylanib bormoqda. Tadqiqotlardan maúlum bo`lishicha, rivojlangan davlatlarda mualliflik huquqi himoyasi bilan bog`liq  faoliyat orqali tushadigan daromad yalpi milliy mahsulotning 5 – 12  foizini tashkil etar ekan.  SHuning uchun intellektual mulk himoyasini mustahkamlash, kontrafaktiyaga qarshi kurashni kuchaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

   ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Davlat soliq qo`mitasi ham tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda do`konlar, bozorlar, savdo komplekslari hududida CD, DVD disklarining noqonuniy savdosiga  chek qo`yish, ularni sotish uchun ihtisoslashtirilgan zamonaviy savdo do`konlari tizimini yaratish, sifatli mahsulotlar savdosini  yo`lga qo`yish  yuzasidan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.
    Soliq idoralari lazerli disklar, shuningdek, kinovideomahsulotlarni ishlab  chiqarish, ko`paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bilan shug`ullanuvchi  yuridik va  jismoniy shaxslar tomonidan Vazirlar Mahkamasining  2003  yil 11 noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab  chiqish, yozish, ko`paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash to`g`risida nizom hamda 2004  yil 22 martdagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Kinovideomahsulotlarni ishlab  chiqarish, ko`paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo`yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to`g`risida nizom talablari bajarilishini nazorat qilib bormoqda.
- Zamonaviy axborot-texnologiyalarining tobora rivojlanib borishi va  jamiyatimiz hayotiga shiddat bilan kirib kelishi, ayniqsa, mualliflik huquqi himoyasini yanada kuchaytirishni taqozo etadi, - deydi  O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish Respublika agentligi matbuot kotibi Rustam HUDOYQULOV. - Bizning mamlakatda ham bu sohaga bo`lgan e’tibor kun sayin ortib, mualliflik huquqini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Barcha mulklar kabi  intellektual mulk ham mutlaqo daxlsiz hisoblanib, unga bo`lgan har qanday tajovuz qonun  yo`li bilan muhofaza etiladi.
   Bu borada O`zbekiston Respublikasining 2006  yili qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi qonuni  jahon andozalariga to`liq  javob berishi bilan e’tiborlidir. Ushbu qonunning maqsadi fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, ýfir yoki kabel orqali ko`rsatuv yohud ýshittirish beruvchi tashkilotlarning ko`rsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog`liq holda  yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning 19-moddasiga  asosan, muallif asardan har qanday shaklda va usulda fo ydalanishda mutlaq huquqlarga ega.  Yuridik va  jismoniy shahslar asardan faqat huquq egasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.
   Mualliflik huquqiga oid qonunchilik asoslarining yaratilishi va mukammallashtirilishi O`zbekistonning mazkur sohadagi halqaro tashkilotlar va Konvensiya (ko`p tomonlama shartnomalar)ga aúzo bo`lib kirishiga huquqiy zamin yaratdi.  SHu tufayli endilikda mualliflar huquqlari xalqaro huquq normalari doirasida himoya qilinishi ta’minlandi.  SHuningdek, xorijiy mualliflar asarlaridan respublikamizda hech bir  cheklanishsiz, har qanday ko`rinishda foydalanish imkoni ham yaratildi.
   Bugungi kunda O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligida fan, adabiyot, sanúat asarlari va ularning mualliflari hamda turdosh huquqlarning sub’ekt va obúektlari ro`yxatini ishlab  chiqish bo`yicha yagona elektron maúlumotlar bazasi yaratilgan bo`lib, unga hozirgacha 1520 nafardan ko`proq muallifning 17017 ta asari to`g`risidagi  ma’lumotlar kiritilgan.
  Mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi va huquq-tartibot idoralari hamkorligida tuzilgan Ishchi komissiya sohadagi qonunbuzilish holatlarining oldini olish va kontrafakt mahsulotlarga   qarshi kurashishda sezilarli ishlarni amalga oshirmoqda.
   Jumladan, o`tgan ikki  yil mobaynida o`tkazilgan tadbirlar  jarayonida noqonuniy   disklar savdosi bilan bog`liq bo`lgan 3 mingga yaqin holatlar aniqlanib, 400 mingga yaqin kontrafakt mahsulotlar musodara qilingan.
   Birgina  joriy  yilning o`zida Agentlikka huquqni muhofaza qiluvchi va soliq organlari tomonidan umumiy  qiymati 90 mln. so`mlik 5 ming donadan ortiq lazer disklariga nisbatan mualliflik huquqi bo` yi cha so`rovnomalar taqdim ýtilgan. Ularning barchasida mualliflik huquqi va boshqa qonunchilik normalari buzilganligi aniqlanib, 20 dan ortiq ekspert xulosalari berilgan.
   Taúkidlash o`rinliki, respublikamiz hududiga ayrim "tadbirkorlar" tomonidan maúnaviyatimiz va mafkuramizga zid bo`lgan, buzg`unchi  g`oyalarni targ`ib etuvchi audio va video mahsulotlar, lazer disklarni olib kirishga urinish holatlari ham sodir etilayotganligi achinarlidir. O`tgan 2009  yilda 700 dan ortiq  ana shunday qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, 6500 ga yaqin  yozma nashr, kino-video disklarning xududimizga kirib kelishiga  chek qo`yildi. Noqonuniy mahsulotlarning aksariyat qismi ahloqsizlikni targ`ib ýtuvchi, ayniqsa, yoshlar ongini zaharlovchi CD va DVD disklar ekanligi xushyorlikni yanada oshirish kerakligini ko`rsatmoqda.  CHunki ayrim nopok shahslar lazer tehnologiyalari yordamida bunday dis¬klarni  juda tez va istalgancha nusxada ko`paytirish imkoniyatiga ýga.
   Davlat soliq qo`mitasi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Ravshan NASIMOV soliq organlarida bu borada olib borilayotgan ishlar hususida shunday deydi:
- Respublikamiz xududida, bozorlar va savdo komplekslarida CD, DVD disklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish,  chetdan milliy qadriyatlarimiz va an‘analarimizga zid bo`lgan  jangarilik, zo`rovonlik  hamda pornografik mazmundagi audiovizual mahsulotlari kirib kelishining oldini olish va bartaraf etish davlat soliq hizmati organlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 2010  yilning yanvarü-aprel         oylari davomida mualliflik huquqlari to`g`risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi, audio-video yozuvli kasseta va lazer disklarni belgilangan tartibda sotilishini nazorat qilish  yuzasidan 591 ta tekshirish va reyd tadbirlari o`tkazilib, ularning barchasida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.
   Ma‘lumki, Vazirlar Mahkamasining 2003  yil 11 noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan lazerli disklarni ishlab  chiqish, ishlab  chiqarish, yozish, ko`paytirish va sotish faoliyati faqat  yuridik shahslar tomonidan amalga oshiriladi. Ammo, o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 6 holatda belgilangan  tartibda ruxsat guvohnomalarini olmasdan (litsenziyasiz) faoliyat ko`rsatayotgan ho`jalik sub ‘ektlari, 500 xolatda noqonuniy ravishda audio-video kassetalar va lazer disklarni sotish, 161 xolatda ularni noqonuniy ravishda ko`paytirish, ishlab  chiqarib sotish kabi qonunbuzarliklar aniqlangan. Bunda umumiy qiymati 326,0 mln so`mlik 194450 dona audio-video kassetalar va lazer disklar ashyoviy dalil sifatida olib qo` yildi.
   Misol uchun Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar xududiy bo`limi xodimlari tomonidan “Qatortol savdo majmuasi”da o`tkazilgan qisqa muddatli tekshiruvda SH.Fayzullaev hujjatsiz DVD disklari bilan savdo qilayotganligi aniqlangan. Undan 2719 dona umumiy qiymati 4687,5 ming so`mlik horijda ishlab  chiqarilgan DVD disklari masala qonuniy hal etilguncha olib qo`yildi.
   “Qoraqamish dehqon bozori” xududida o`tkazilgan qisqa muddatli tekshiruvda esa B.SHaripov hujjatsiz 989 dona umumiy qiymati 2644,3 ming so`mlik xorijda ishlab  chiqarilgan DVD va CD disklari bilan savdo qilayotganligi aniqlangan.
   Boshqarmaning Xorazm viloyat hududiy bo`limi tomonidan Urganch shahrida ro`yhatdan o`tib faoliyat ko`rsatayotgan “Xorazm kabel kinoprokat servis” MCHJga qarashli 14 ta turg`un savdo shohobchalarida o`tkazilgan qisqa muddatli tekshiruvlarning barchasida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 6657,5 ming so`m miqdoridagi kirim hujjatsiz SD va DVD disklar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
   Ushbu qonunbuzarliklar  yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, 11 ta holat bo`yicha to`plangan hujjatlar  jinoyat alomatlari mavjudligi sababali SVOJJDLQKDepartamenti Xorazm viloyat boshqarmasiga qonuniy  chora ko`rish uchun  yuborildi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
   Bugungi kunda zamonaviy talablarga  javob beradigan savdo tizimini  jori y etish, qolaversa ichki bozorda sifatsiz, kontrafakt CD, DVD disklarning savdosiga barham berish maqsadida Davlat soliq qo`mitasi tomonidan bir qator takliflar ishlab  chiqildi, xususan:  
- mutasaddi tashkilotlar,  jumladan “O`zbekkino” milliy agentligi tomonidan respublika xududida audiovizual mahsulotlar savdosini tartibga soluvchi yagona huquqi y-normativ xujjat loyihasi ishlab  chiqilishi maqsadga muvofiqdir;
- audiovizual mahsulotlar savdosi uchun  javobgarlik  choralari engilligini hisobga olib (eng kam ish haqining 1 barobaridan 3 barobarigacha  jarima), sohadagi huquqbuzarliklar uchun  javobgarlik  choralarini kuchaytirish zarur. Buning uchun O`zbekiston Respublikasi Ma‘muriy  javobgarlik to` g` risidagi kodeks 167-moddasiga tegishli o`zgartish kiritish lozim;
- mutasaddi tashkilotlar  va tegishli litsenziyalarga ega korxonalar respublikamiz xududlari kesimida audiovizual mahsulotlar ulgurji savdo bazalarini barpo etishi, odamlar gavjum  joylarda, bozorlar va savdo komplekslarida barcha talablarga  javob beradigan bunday mahsulotlar bilan zamonaviy usulda savdo qilish tizimini tashkil etishi, buning uchun maxsus  savdo binolari ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
   Bir qarashda arzimasdek bo`lib tuyulgan bu muammo bugun global tus olayotgani bejiz emas.  CHunki ba‘zida uning ortida fan-texnika taraqqiyoti, axborot-kommunikatsiya manbalarining imkoniyatlari- yu, mobil telefon va internet xizmati, adabiyot, san‘at asarlari vositasida inson ongiga tajovuz qilishga urinayotgan ayrim  g`arazli kuchlar turganligini inkor etib bo`lmaydi.
   Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, bunday axborot-kommunikatsiya tarzidagi xurujlar milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va o`zligimizni  yo`qotish maqsadida qo`llaniladigan quroldir. Bu shunday qurolki, u hech kimga bildirmasdan, pinhona ravishda milliy  g`oyalarimizni  yo`q qilishga urinadi. Uning natijasi sifatida yoshlarimizning tarbiyasini izdan  chiqarish, insoniylik, mexr-oqibat tuy g`ularini so`ndirish, tilimiz va dinimiz tanazzulini kutish mumkin. Va, albatta, bunda y manfur maqsadlar noqonuniy boylik orttirish vasvasasi bilan hamohang  tarzda namoyon bo`lishi hech kimga sir ýmas. Bu esa barchamizni birday hushyorlikka undashi kerak.
                                                                                                                                Gulbahor SATTOROVA, “SBH” muxbiri.
                                                                                                                               “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasi.
                                                                                                                                                                        17.06.2010
orqaga