Dunyo yangiliklari
09.07.2010Bakuda intellektual mulk himoyasiga bag`ishlangan xalqaro seminar o`tkazildi
Baku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Mualliflik huquqi Agentligi va
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamkorlikda “Mualliflik huquqi
va kreativ tarmoqning iqtisodiy ahamiyati” mavzuida ikki kunlik xalqaro
seminar boshlandi, deb xabar beradi Bakililar.AZ.
Anjumanni kirish so`zi bilan jchgan Ozarbayjon Respublikasi Mualliflik huquqi Agentligi raisi, professor K.Imanov, mazkur mavzu “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” va “kreativ tarmoq” tushunchalarining intellektul mulk sohasidagi ustuvor ahamiyatga egaligi bilan belgilanishini ta’kidladi. Bu esa mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk huquqlarining ijtimoiy-madaniy konsepsiyasi bo`lib, uning muhim iqtisodiy ahamiyatini isboti bo`lish bilan birga axborotlashgan jamiyatdagi mavqe’ini belgilab beruvchi yaqqol dalildir. Global ma’noda har qanday iqtisod o`z shakl va shamoyiliga ega.XX asr oxirida vujudga kelgan “yangi iqtisodiyot” yuqoriintellektual investor va iste’molchilarga tayanadi. “Yangi iqtisodiyot” ning ajralib turuvchi asosiy belgisi AKT bozorida iste’molchilarning yildan – yilga ortib borishi bilan belgilanadi.Seminarning birinch ish kunida Britaniya universiteti professori Lids Kelvin Teylor, professor Kamran Imanov, akademik Ziyod Samedzodalar ma’ruzasi tinglandi. Seminar davom etmoqda.
Ý.Ãàñàíîâ
Bakililar.AZ




