Agentlik yangiliklari
10.06.2010Intellectual salohiyatli yoshlar
Prezidentimiz tomonidan e`lon qilingan “Barkamok
avlod yili”ida juda ko`plab iqtidorli, intellectual salohiyatli yoshlarimizning
iste`dodini namoyish qilishlari uchun
imkoniyatlar eshigi yanada keng ochildi. Oliy o`quv yurtlari, kollejlar
talabalarining o`zlari yaratgan fan,adabiyot va san`at asarlari, innavatsiya texnologiyalariga oid
loyihalarini O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika
agentligidan ro`yxatdan o`tkazayotganliklari fikrimizga dalil bo`la oladi.
Yunusobod mashinasozlik kollejining 2-bosqich
talabasi Mambetov Javohirbek endigina 17 yoshni qarshilaganligiga qaramay,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini puxta egallagan. U yaratgan “Uz
sekurity” (AV “Antivirus”) elektron hisoblash mashinalari uchun dasturi
tarkibiga 40 000 dan ortiq keng tarqalgan viruslar turiga qarshi
kurashadigan baza mavjud. “Uz sekurity” dasturi o`zbek tilida yaratilgan
bo`lib, uning bazasini to`ldirish qiyinchiliksiz amalga oshiriladi va tushunish
oddiy hamda oson. Mazkur dastur kompyuter operatsion xotirasini juda kam
me`yorda iste`mol qiladi. Shu bilan birga bu jarayonda kompyuterni ishlash
tezligi deyarli o`zgarmaydi.
Hozirgi vaqtda virus xavfsizligi jahon miqyosida dolzarb muammolardan ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, bu sohada yaratilgan yangi dasturni o`ziga xos izlanish, intilish deb baholash lozim.
Kuni kecha J.Mambetovning “Uz sekurity” EHM uchun dasturi (AV-Antivirus) O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi tomonidan ro`yxatga olinib, asarlar registriga kiritildi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, unig ustozi Shohruh Yassaviy ham ayni paytda kollej o`quvchisi bo`lib, axborot-texnologiyalari bo`yica o`tkazilgan ko`plab tanlovlar g`olibi bo`lgan.
So`nggi soatdagi xabar: Yosh muallif Mambetov Javohirbek usbu dasturi bilan “Kelajak ovozi” Respublika ko`rik- tanlovining viloyat bosqichida birinchi o`ringa sazovor bo`lganligi va Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo`1ga kiritganligi to`g`risida xushxabar oldik. Muallifimizni bu g`alaba bilan qutlaymiz!

Agentlik matbuot xizmati.