Agentlik yangiliklari
07.07.2010EҲM uchun dastur: “Xtremeflow”
Chingeldi kasb-hunar kollejining bitiruvchisi Shohruh Yassaviy
axborot-texnologiyalari sohasidagi iqtidorli, izlanuvchchan yoshlardan
biri hisoblanadi. 2008 yilda “Kelajak ovozi” respublika ko`rik-tanlovi
g`olibi bo`lgan bu yigit bir qator elektron dastur, masofaviy ta’lim va
veb-saytlar muallifi hisoblanadi.
Jumladan,uning “Redi.Uz-Remote Education”- màsofaviy ta’lim tizimi, “Ziyo nur” qidiruv sistemasi, “Starbook” mexmonxona skripti - internet saytlari xavfsizligi sistemasi, “Uzbekstar-CMS” (Content management system) – elektron boshqaruv tizimi kabi ishlanmalari allaqachon muvaffaqiyat qozongan va ular O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi tomonidan ro`yxatga olingan.
Yaqinda muallifning yana bir asari: “Xtremeflow” agentlikda ro`yxatga olindi. Foydalanuvchilar uchun nihoyatda qulay bo`lgan XtremeFlow tizimi tashkilotlarda hujjatlarni yuritishni takomillashtirish bilan birga hujjatlar almashinuvini tezlashtiradi. Bu tizim ko`pfunksiyali bo`lib, axborot texnologiyalari xavfsizligiga to`liq javob bergan holda hujjatlar butligini ta’minlaydi.
R.Xudoyqulov.




