Agentlik yangiliklari
24.06.2010Dolzarb mavzudagi seminar
Joriy yilning 24 iyun kuni O`zbekiston mualliflik huquqini himoya
qilish respublika agentligi, Davlat coliq qo`mitasi va “Soliq info”
gazetasi hamkorligida tashkil etilgan “Audio va video mahsulotlar
ishlab chiqarish, ijaraga berish hamda savdosi: muammo va echimlar”
mavzuida seminar bo`lib o`tdi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda mualliflik huquqini himoya qilish bo`yicha keng miqyosdagi chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Lekin shunga qaramay, bozorlarda audio va video mahsulotlarni noqonuniy sotish holatlari mavlud. Ushbu mahsulotlar noqonuniy yo`llar bilan xorijdan keltirilib, uy sharoitida minglab nusxada ko`paytiriladi va savdo nuqtalariga tarqatiladi. Turli multiplikatsiya,konsert, shou-kliplar, har-xil dasturiy mahsulotlar o`rin olgan.
Seminarda DSQ Bozorlar va savdo majmualari faoliyatini nazorat qilish bosh bosh qarmasi bosh mutaxassisi Baxtiyor Sobirov “Bozorlarda audio va video mahsulotlar savdosi qoidalari. Tekshiruvlar”, O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi inspektori Vohid Allayarov “Audio va video mahsulotlar ishlab chiqarish, ijaraga berish hamda savdosi jarayonida mualliflik huquqi himoyasi”, O`zbekiston mualliflar va ijrochilar gildiyasi bosh direktori Ilhom Hamidov “Audio - video mahsulotlarni yaratish va sotish amaliyoti” va “Soliq info” gazetasi eksperti Murod Qodirov “Soliq sohasidagi so`nggi o`zgarishlar” mavzularida ma’ruza qildilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, Toshkent shahri bozorlarida 30 dan ortiq audio va video mahsulotlari bilan savdo qiladigan rastalar mavjud. Ularda mualliflik huquqi buzilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham talaygina foizni tashkil etadi. 2010 yilning boshidan may oyigacha respublika soliq idoralari tomonidan 100 million 450 ming so`milk kontrafakt mahsulotlar olib qo`yilgan. Iyun oyida esa bu raqam 19 million 900 ming so`vni tashkil etgan. Qisqasi, joriy yilning 6 oyida vaqtinchalik olib qo`yilgan disk va kassetalar qariyb 120 million so`mlikni tashkil etadi.Bu esa kamida 200 ming 400 dona disk va kassetalar degani.
Seminarda poytaxt bozorlarida audio va video mahsulotlari savdosi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Seminar yakunida savollarga javob berildi.
Agentlik matbuot xizmati.




