Agentlik yangiliklari

Якунлар ва истиқболдаги вазифалар
Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги ҳайъати йиғилишида 2011 йил биринчи ярмида амалга оширилган ишлар якунлари муҳокама қилинди. Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги бош директори Ҳ.Муҳиддинов ва бошқалар Президентимиз Ислом Каримов томонидан истиқлолнинг дастлабки кунларидан мамлакатимиз ижтимоий-иқтисодий ҳаётининг турли жабҳаларига ахборот-коммуникатсия технологияларини кенг жорий этиш ва улардан фойдаланиш устувор вазифа етиб белгиланганини таъкидладилар. Ҳисобот даврида алоқа ва ахборот-коммуникатсия технологиялари корхоналари 1100 миллиард сўмлик хизматлар кўрсатди. Бу борадаги ўсиш суръати ўтган йилнинг шу даврига қараганда 20,1 фоизни ташкил қилди. Бунда аҳолига хизмат кўрсатишдан олинган даромад 65 фоизни ташкил этди.

28.07.2011 | Batafsil


Intellektual mulkni himoya qilinadi
Mualliflik huquqini himoya qilish yuzasidan mamlakatimizda mustahkam huquqiy-normativ baza yaratilgan. O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi tomonidan mualliflik huquqining buzilishini oldini olish borasida keng qamrovli faoliyat olib borilmoqda.

15.07.2011 | Batafsil


Hamkorlik samarasi
Mamlakatimizda mualliflik huquqining har qanday ko`rinishdagi buzilishiga yo`l qo`ymaslik uchun barcha choralar ko`rilmoqda va buning uchun huquqiy baza mavjud.

06.05.2011 | Batafsil


Barcha agentlik yangiliklari


Dunyo yangiliklari

Sovet filmlarining remeykini suratga olish Bekmambetovga ta’qiqlab qo`yildi
“Sobiq sho`rolar hududida keyingi vaqtda mualliflik huquqining buzilish holatlari tez-tez takrorlanib turganligi tufayli “Soldat otasi” filmini va shu nomdagi film ssenariysini mulk egasi sifatida bizlarni noqonuniy hatti-harakatlardan himoya qilish uchun ommaviy murojaaqt bilan chiqishimiz zarurati paydo bo`ldi”, - deyiladi afsonaviy kartina rejisseri Chxeidze va ssenariy muallifi  Suliko Jgentining qizi Olga Jgentilarning  arizasida.

18.04.2011 | Batafsil


100 Gigabaytlik disk
Panasonik kompaniyasi ma’lumotlarni ko`p marotaba yozishga mo`ljallangan BDXL (BD-RE XL) shakldagi birinchi optic saqlagich (disk) taqdimotini o`tkazdi.

08.04.2011 | Batafsil


Surunkali qonunni buzganligi uchun…
Xususiy tadbirkor Dmitriy Pichko mualliflik huquqi ob’ektlaridan noqonuniy (Rossiya Federatsiyasi JKning 146 moddasi, 2 qism) foydalanganlik uchun bir necha marta javobgarlikka tortilganligiga qaramay, sudlangandan so`ng har safar litsenziyalanmagan DVD-disklari savdosi bilan shug`ullanishda davom etgan.

01.04.2011 | Batafsil


Barcha dunyo yangiliklari

Maqolalar

Хушёр бўлинг, контрафакт!
Мамлакатимизда хусусий тадбиркорликка барча йўллар очиб қўйилган. Мулкдорлар ҳуқуқи кафолатланган. Шундан бўлса керак, уларнинг сафи кундан-кунга кенгайиб бормоқда. Хориждан маҳсулот олиб келиб, савдо – сотиқ билан шуғулланаётган тадбиркорлар ўзларининг сармояларини кўпайтиришдан ташқари иқтисодиётимизга ҳам баҳоли қудрат ўз ҳиссаларини қўшмоқдалар. Уларга биргина талаб қўйилади, у ҳам бўлса қонунга амал қилишдир. Аммо шоли курмаксиз бўлмайди, деганларидек, айрим шахслар яратилган имкониятлардан ўзларининг нопок ниятлари йўлида фойдаланмоқчи бўладилар. Қинғир ишнинг оқибати эса ҳеч шубҳасиз  афсус-надомат билан тугайди. Чунки, божхона постларида қилни қирқ ёрадиган мутахассислар бундай ҳолатларнинг олдини олиш учун шай туришибди.

19.07.2011 | Batafsil


2011 yil 23 aprelda nishonlanadigan Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuniga bag`ishlangan matbuot-reliz
23 aprel – UNESKOning 28- Bosh Konferensiyasi qarori bilan  1995 yilda  Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni deb belgilangan. Bundan ko`zlangan  asosiy maqsad – dunyo taraqqiyotida muallif va mualliflik huquqi masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, huquqiy adabiyotlar yaratilishida ko`maklashish, mahalliy aholini xalqaro konvensiyalar bilan tanishtirish, yoshlarni kitob o`qishga qiziqtirish, mualliflik huquqiga oid tadbirlar   o`tkazishdan iboratdir.

13.04.2011 | Batafsil


Mualliflik huquqi tiklandi
O`zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika  agentligi muflliflik huquqi bilan bog`liq turli nizolalarni hal etishda o`ziga berilgan vakolatdan foydalanib, ularning bartaraf etish uchun barcha choralarni ko`rmoqda. Buning uchun mustahkam huquqiy – normative hujjatlar bazasi mavjud.

10.02.2011 | Batafsil


Barcha maqolalar